YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / 22-25 iyun kunlari Bishkek shahrida GIZ halqaro tashkilotining PECA V halqaro loyihasi yakuniy anjumani bo‘lib o‘tdi

22-25 iyun kunlari Bishkek shahrida GIZ halqaro tashkilotining PECA V halqaro loyihasi yakuniy anjumani bo‘lib o‘tdi

22-25 iyun kunlari Bishkek shahrida  GIZ halqaro tashkilotining PECA V halqaro loyihasi yakuniy anjumani  bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli tadbirda Germaniya Federativ Respublikasining Qirg’izistondagi elchisi o’rinbosari Konstantin Zelenti, GIZ tashkilotining Markaziy Osiyodagi vakili Viktor Vesel hamda Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning vakillari ishtirok etdilar.

Anjumanda Yangiyo’l agrotexnologiyalar texnikumi direktori M.R.Fazilova  ishtirok etdi.

 

 

 

 

 

Tadbirda PECA loyihasi natijalari xususan asosiy yutuqlari qatoriga normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga ko‘maklashish, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, oziq-ovqat sanoati va logistika sohasida ishlab chiqilgan mehnat bozori talablariga javob beradigan amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari va qisqa muddatli kurslar master klasslar ko’rinishida taqdim etildi.

Anjumannng birinchi  23-iyun kuni I.Razzoqov nomidagi Qirg‘iziston Davlat Texnika Universitetiga (QDTU) tashrif  buyurdilar, unda ishtirokchilar universitet va PECA loyihasi o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik natijalari bilan tanishishlari hamda sut va non mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.

Anjumanning ikkinchi 24-iyun kuni  PECA loyihasini ijodiy o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tandem hamkorlik ishtirokchisi Kompas kollejiga hamda M.T.Ibragimov nomidagi Qora-Balta texnika-iqtisodiyot kollejiga tashrif buyurdi.