5 ta OTMdan ham o‘ta olmagan abituriyentga ham talabalik eshiklari ochilishi mumkin
Prezident boshchiligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida oliy ta’lim tizimida yangi tartib joriy etilishi haqida ma’lum qilindi (https://t.me/eduuz_DTMuzb_Abituriyent_mandat/5484).
Yangi tizim nimani anglatadi?
Agar abituriyent 5 ta oliy ta’lim muassasasiga (OTM) topshirib, hech biriga kirish uchun yetarli ball to‘play olmasa ham, lekin uning ballari boshqa OTMdagi to‘ldirilmagan yo‘nalishning o‘tish baliga mos kelsa — u holda shu OTM rektori abituriyentni kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Bu tizim kimlar uchun foydali?
Kirish imtihonida o‘z yo‘nalishiga yetarli ball to‘play olmagan, lekin bilim darajasi boshqa yo‘nalishlar uchun yetarli bo‘lgan abituriyentlar uchun.
Bo‘sh qolgan talabalar o‘rinlarini to‘ldirish orqali OTMlar uchun.
❗️ Yangi tartibning qachondan kuchga kirishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.
Toshkent viloyati OTFIB 