Eslatma: 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish davom etmoqda
O‘tgan yillardagi kabi (https://t.me/eduuz/24375), joriy yilda ham akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratilgan.
Gap shundaki, 9-sinf bitiruvchilari my.edu.uz elektron platformasidagi shaxsiy kabinet orqali texnikumlar qabuliga ham bir vaqtning o‘zida onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Bu imkoniyat akademik litseylarning saralash bosqichidan o‘ta olmagan abituriyentlarga texnikumlarda o‘qishni davom ettirish imkonini beradi.
Texnikumlarga ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 10-avgust (shu kuni ham)
Ro‘yxatdan o‘tish: my.edu.uz (https://my.edu.uz/service/2?slug=admission_vocational_school) platformasida
▶️ Video yo‘riqnoma (https://www.youtube.com/watch?v=8yKZC8vwRTE&ab_channel=Raqamlita%27limmarkazi)
Eslatma: Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025-yil 10-avgustga (shu kuni ham) qadar uzaytirilgan (https://t.me/eduuz/36676).
Toshkent viloyati OTFIB 