9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinfini bitirgan o‘quvchilarini 519 ta texnikumning birida o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.
Bitiruvchilar davlat granti asosida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.
✔️Bundan tashqari, ular 14 ta texnikumda tashkil etiladigan xalqaro ta’lim dasturiga grant asosida o‘qish uchun ham 10-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn hujjat topshirishlari mumkin.
➡️Ta’lim shakli: kunduzgi
▪️Platformaga:
➖ tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
➖ 3×4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
Shoshiling! Imkoniyatni boy bermang!
Toshkent viloyati OTFIB 