YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kasbiy ta`lim tashkilotlarida to‘garak mashg`ulotlari o`tkazilmoqda

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kasbiy ta`lim tashkilotlarida to‘garak mashg`ulotlari o`tkazilmoqda

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kasbiy ta`lim tashkilotlarida  to‘garak mashg`ulotlari  o`tkazilmoqda.

Ohangaron tuman 2-son politexnikumida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Yosh matematik” to‘garagi tashkil etildi.

To‘garak orqali mantiqiy fikrlash, murakkab masalalarni yechish ko‘nikmasi va fan olimpiadalariga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda.

Amaliy mashg‘ulotlar, testlar va intellektual o‘yinlar orqali o‘quvchilar chuqur bilim va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirmoqda.

«Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida Bekobod shahar politexnikumida yozgi taʼtil davrida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida bir qator fan to‘garaklari tashkil etildi.

Jumladan:
— Ingliz tili fanidan – «Favorite Circle»,
— Rus tili fanidan – «Русская речь» to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.

Ushbu to‘garaklarda o‘quvchilar xorijiy tillarni o‘rganish, muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlash, yangi bilimlarni egallash orqali bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazmoqda.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Olmaliq kon-metallurgiya texnikumida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar avtomobil dvigateli va uzatmalar qutisi tuzilishi bilan tanishib, moy va filtrlarni almashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdi.