“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul
Hurmatli 3-bosqich talabasi! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat!
Sun’iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassiligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni hohlasangiz unda siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Imkoniyat va vaqtni qo‘ldan boy bermang! Sun’iy intellektni egallang! Oddiy mutaxassis emas SI ni boshqara oladigan “chavandoz”ga aylaning!
Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting!
Akademik mobillik: tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi;
Moddiy texnik ta’minot:
⌨️noutbuk;
internet ;
darsliklar;
⚙️amaliyotchi mutaxassislar darslari.
Kursda:
“Startup”lar va zamonaviy muammolarni IT yechimlar bilan integratsiya qilish (Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 31-avgust soat 23:59 gacha
Ariza topshirish: faqat onlayn!
dscience.uz saytiga tashrif buyuring!
Hujjatlar (pdf formatda):
⏺ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
⏺ Transkript (GPA);
⏺ Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (Hemis);
⏺ Motivatsion xat (2 betdan kam bo‘lmasin):
⏺ Sertifikatlar va tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa);
⏺ Portfolio.
↗️ Tanlov bosqichlari:
✔️ Hujjatlarni baholash (online – taqdim etilgan hujjat asosida);
✔️ IQ test (xorijiy vendor yordamida – online);
✔️ Informatika va matematika bo‘yicha imtihon (offline);
✔️ Suhbat va taqdimot (offline).
BAHOLASH MEZONLARINI KO‘RISH (https://telegra.ph/Baholash-mezonlari-05-22)
Aloqa uchun: +998 97 177 20 22
Toshkent viloyati OTFIB