YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Bekobod shahar politexnikumida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bekobod shahar politexnikumida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Bekobod shahar politexnikumida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda 586 nafar bitiruvchi diplomlarini tantanali ravishda qabul qilib oldi. Shulardan 69 nafar bitiruvchiga imtiyozli diplomlar topshirildi. Bu kun ular uchun nafaqat rasmiy sana, balki yangi hayot bosqichining boshlanishi bo‘ldi.

Tadbirda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova ishtirok etib, bitiruvchilarga diplomlarni tantanali ravishda topshirdi va yoshlarga kelajakdagi faoliyatida yutuqlar, mustahkam iroda va muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, marosimda shahar hokimi N.Babayev, shahar prokurori B.Ilyasov, ustozlar, ota-onalar va faxriy mehmonlar qatnashdi. Mehmonlar bitiruvchilarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirib, ularning kelajagiga katta ishonch bildirishdi.

Bitiruvchilarning yutuqlari e’tirof etilib, ota-onalarga tashakkurnomalar tantanali tarzda topshirildi.

Bu kun bitiruvchilar uchun yangi sahifa – kasbiy hayot yo‘lining boshlanishi bo‘ldi. Endi ular vatanimiz taraqqiyoti va ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor!