Toshkent viloyati transport texnikumida bitiruvchilarga diplomlar tantanali tarzda topshirildi.
Marosim davomida 277 nafar bitiruvchi o‘z diplomlarini tantanali ravishda qabul qilib oldi. Bu kun ular uchun nafaqat rasmiy sana, balki yangi hayot bosqichiga qadam qo‘yishning unutilmas onlaridan biri bo‘ldi.
Tadbirda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi rahbari N.Kulbekova ishtirok etib, diplomlarni shaxsan topshirdi va bitiruvchilarga ezgu tilaklar yo‘lladi. U yoshlarga mustahkam iroda, qat’iyat va yuksak marralarni zabt etishlarini tiladi.
Marosimda ustozlar, ota-onalar hamda faxriy mehmonlar ham qatnashdi. Mehmonlar bitiruvchilarga ishonch va tilaklar bildirdilar, ularning kelajagiga katta umidlar bog‘lashdi.
Bu kun bitiruvchilar hayotida yangi bosqichning boshlanishini anglatdi. Endilikda ular yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida ilk qadamlarini tashlamoqda.
Toshkent viloyati OTFIB 





