O‘zDJTSUda yoshlar sport bilan hamnafas!
Ma’lumki, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Chirchiq shahri va Qibray tumanidagi mahallalar bilan hamkorlikda «Dolzarb 90 kunlik» dasturi doirasida mahallalar aholisi va yoshlari uchun turli sport to‘garaklari tashkil etilgan.
Ushbu to’garaklarda qatnashayotgan yoshlar soni bugungi kunga kelib allaqachon 730 nafardan oshib ketgan bo‘lib, ularning soni doimiy oshib bormoqda. E’tiborlisi, to’garak jarayonlari ota-onalar tomonidan ham kuzatilib, o’z farzandlarining sport bilan hamnafas bo’lishi ularni ham quvontirmoqda.
Toshkent viloyati OTFIB 


