YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Bugun Parkent tumani, Zarkent qishlogʻida «Uzum sayli» xalqaro festivali boʻlib oʻtadi

Bugun Parkent tumani, Zarkent qishlogʻida «Uzum sayli» xalqaro festivali boʻlib oʻtadi

Bugun Parkent tumani, Zarkent qishlogʻida «Uzum sayli»

xalqaro festivali boʻlib oʻtadi.

Festival doirasida Xalqaro ilmiy anjuman oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur xalqaro ahamiyatga ega tadbirda Italiya vinochilik uyushmasi rahbari Leonardo Kommuchi, Florensiya Xalqaro marketing va vino uyushmasi direktori Lutsiana Tsao, Turkiya davlatining Kappadokiya universiteti professori Xaliburak Sakal, shuningdek, Indoneziya, Turkiya, Serbiya, Rossiya, Koreya, Singapur, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon kabi 30 dan ortiq davlatlardan olimlar, ekspertlar va sohaning yirik namoyondalari ishtirok etishi kutilmoqda.

Lokatsiya (https://maps.app.goo.gl/bev83LRcGjNqeE2KA)