Домой / AXBOROT XIZMATI

AXBOROT XIZMATI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining

Toshkent viloyati  hududiy boshqarmasi  Axborot xizmati

Rahbari: Akbaraliyev Shaxzod
Manzili: Toshkent viloyati, O’rta Chirchiq tumani, Farovon MFY, Farovon ko’chasi 1-uy, indeks 111518.
Transport: Nurafshon yo’nalishi avtobuslarning «Yong’ichqoli»MFY bekati
(mo’ljal: Kollej)
Telefon: 70 700 75 65

Telegram : +998 99 999 32 00
Ish tartibi: 9:00-18:00
Dam olish kunlari: shanba va yakshanba

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining

hududiy  boshqarmasining
Axborot xizmati
VAZIFALARI

  1. Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasining axborot tarqatish faoliyatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  2. Yoshlar va aholini boshqarma hamda kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyati haqidagi axborotlar bilan doimiy ravishda ta’minlab borish orqali ta’lim tizimi afzalliklari, o’qitish samaradorligi xususida xolisona va ijobiy fikrni shakllantirish;
  3. Ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarni xolisona yoritish;
  4. Ta’lim muasasalarining davlat va jamoat organlari, o’z-o’zini boshqarish organlari, nodavlat, notijorat tashkilotlari bilan ijtimoiy sherikchilik munosabatlarini yanada yaxshilash, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash;
  5. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”ga muvofiq Hukumatimiz tomonidan, xususan, Samarqand viloyat o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamda akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayoni sifati va mazmuni yanada yaxshilash, O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi ijrosini ta’minlash borasidagi keng ko’lamli islohotlar, qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlar mazmun-mohiyatini ta’lim muassasasi jamoasi va o’quvchi-yoshlarga samarali etkazish, mahalliy boshqaruv organlari faoliyatining oshkoraligi, ochiqligi va ommaviyligini hamda axborot olish va tarqatish erkinligini ta’minlash;
  6. Ish reja asosida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, matbuot anjumanlarini tashkil etish, boshqarma miqyosida hamda ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan barcha tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish;
  7. OAV bilan hamkorlik olib borish hamda axborotni televideniya, radio, bosma va internet nashrlarida, xususan, boshqarma veb-saytida keng tarqatilishini ta’minlash.