Bakalavr va magistrlar tayyorlash bo’yicha davlat granti tasdiqlandi
“Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to’g’risida”gi Prezident farmoyishi (PF–43-son, 18.07.2025-y.) qabul qilindi.
Farmoyish bilan 2025/2026-o’quv yili va kelgusi 3 o’quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o’qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:
bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha:
▪️ 2025/2026-o’quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027-o’quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028-o’quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029-o’quv yili uchun – 36 761 ta.
magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha:
▪️ 2025/2026-o’quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027-o’quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028-o’quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029-o’quv yili uchun – 10 784 ta.
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi quyidagilar bo’yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:
respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;
davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o’qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo’nalishlari kesimidagi taqsimoti bo’yicha;
Oila va xotin-qizlar qo’mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.
Toshkent viloyati OTFIB