BU E’LON AYNAN YOSH INNOVATORLAR UCHUN!
Endi siz nafaqat ishlanmalaringiz, balki g’oyalaringiz bilan ham taqdirlanishingiz mumkin!
“INNOVATOR” jurnali #Dolzarb_90_kun doirasida «Raqamli texnologiyalar yoshlar nigohida» tanlovini e’lon qiladi!
Tanlov shartlari juda oddiy:
— Atrof-muhit uchun foydali va ijtimoiy ahamiyatga ega G‘OYA yoki IXTIRONGIZ bormi?
— Qo’lingizga qog’oz va qalam oling. G’oyangizni suratda aks ettiring va BIZ bilan bo‘lishing!
— O‘z ishlanmalariga ega qatnashchilar ham tanlov shartiga muvofiq, ixtirolarining foydali jihatlari aks etgan videorolik (surat)larni ilova qilishlari mumkin.
— Videorolikda to‘liq ism-sharif, yosh va manzil ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
— 7 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
— Surat va videolaringizni @innovator_jurnali adminiga yuboring!
«ENG KREATIV G‘OYA» VA «ENG DOLZARB ISHLANMA» nominatsiyalari bo‘yicha bir nechta g‘oliblar saralab olinadi va «InnoWeek.2025» xalqaro haftaligi doirasida qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
Ha, aytgancha, «Raqamli texnologiyalar yoshlar nigohida» tanlovining muddati 10-SENTABRGA QADAR UZAYTIRILGANI HAQIDA MA’LUM QILAMIZ!
G‘oliblar ro‘yxati 25-sentabr kuni 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ jurnali ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi!
Tanlov SIZga qiziqmi?
Unda qo‘lingizga qalam oling, g‘oyangizni qog‘ozda aks ettiring va tanlovda hoziroq ishtirok eting!
Toshkent viloyati OTFIB 