Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida “Helvetas Swiss Intercooperation”ning (Shvetsariya) Oʻzbekistondagi filiali tomonidan “Oʻzbekistonda kasbiy taʼlim islohotlarini qoʻllab quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi doirasida joriy yilning 4-6-noyabr kunlari “Turizm sohasida oʻzini oʻzi baholash jarayonlarini joriy etish hamda taʼlim sifatni taʼminlash” mavzusida seminar-trening o’tkazilmoqda. Seminarda Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiya boshqarmasi bosh mutaxassisi L.Gafarova hamda Bo`stonliq turizm va madaniy meros texnikumi mas’ul …
BatafsilБез рубрики
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi
Prezident qarori (328-son, 03.11.2025 y.) bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61 son qarorga (https://lex.uz/ru/docs/7386917) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Qarorga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7-yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratish belgilandi. …
BatafsilTEXNIKUMLARDA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN CHET TILI O’QITUVCHILARI DIQQATIGA!
TEXNIKUMLARDA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN CHET TILI O’QITUVCHILARI DIQQATIGA! 50 MILLION SO’M SUBSIDIYA! Ingliz, nemis, koreys yoki yapon tilini o‘rgatasizmi? O‘quvchilaringiz xalqaro B1 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat olganmi? Migratsiya agentligi mehnatingizni qo‘llab-quvvatlaydi. Sizda 50 MILLION SO‘M miqdorida mukofot olish imkoniyati bor! Tanlovda ishtirok eting va eng faol 50 nafar ustozlardan biriga aylaning! Nima qilish kerak? ✔️my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/1194) orqali 25.11.2025ga qadar …
BatafsilUch avlod uchrashuvi
Bo’ka agrotexnologiyalar texnikumida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv texnikumning tarixi, an’analari va kelajagi haqida fikr almashish, shuningdek, uch avlod o‘rtasida bilim va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi. Tadbir tuman “Nuroniylar” kengashi hamda “Yangi Hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorligida o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, bilim va ko‘nikmalarini baham ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Uchrashuv davomida har bir …
Batafsil“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi
“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kelajak merosi” xalqaro mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan mamlakatning madaniy-ma’rifiy rivojiga hissa qo‘shayotgan mahalliy va xorijiy ijodkorlarni rag‘batlantirish maqsadida “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Mukofot 2025 yildan boshlab har yili quyidagi yo‘nalishlarda beriladi: ✅adabiyot; ✅madaniy meros; ✅teatr va kino; ✅musiqa va raqs; ✅tasviriy va amaliy …
BatafsilQonunchilik hujjatlari matni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi “www.lex.uz”da tanishib chiqish mumkin
Qonunchilik hujjatlari matni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi “www.lex.uz”da tanishib chiqish mumkin. 2025-yil oktyabr oyidagi normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati hamda qonun hujjatlaridagi ayrim o’zgarishlar bilan yuqoridagi faylda tanishishingiz mumkin. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 27-oktyabrdagi 01/31-2/1-202-son xatiga ilova Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati T/r NORMATIV-HUQUQIY HUJJAT NOMI Hujjat …
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi va Xitoy xalq Respublikasi o‘rtasidagi forum yakuni.
O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy xalq Respublikasi o‘rtasidagi forum yakuni. 2025-yil 3-noyabr kuni ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik forumi dasturi yakuni 3 ta seksiya asosida: 1-seksiya: «Oliy ta’lim va fan» 2-seksiya: «Kasbiy ta’lim» 3-seksiya: «Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi» dan iborat bo‘lib, ushbu seksiyalarda O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Respublikasi Oliy ta’lim muassasasalari va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari har bir seksiya doirasidagi mavzularda taqdimotlar …
BatafsilO‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim alyansining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim alyansining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim alyansining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro anjuman doirasida mamlakatlar o‘rtasidagi ta’lim aloqalarini mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda zamonaviy mutaxassislar tayyorlash borasida muhim masalalar muhokama qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi …
BatafsilXorijiy univesitetlarda olingan diplomlar Oʻzbekistonda qanday nostrifikatsiyadan oʻtkaziladi?
Xorijiy univesitetlarda olingan diplomlar Oʻzbekistonda qanday nostrifikatsiyadan oʻtkaziladi? ❔Nostrifikatsiya nima? Xorijiy davlatda olingan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni (diplomni) Oʻzbekistonda tan olish jarayoni nostrifikatsiya deb ataladi. Ushbu jarayon Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi. ❔Diplomlar qachondan boshlab nostrifikatsiya qilinadi? Faqatgina 1992-yil 1-yanvardan soʻng berilgan diplomlar tan olinadi. ❔Nostrifikatsiyadan oʻtishning nechta yoʻli mavjud? Ikki xil yoʻl …
BatafsilToshkent viloyati kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlari ishtirokida onlayn zoom yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshligʻi N. Kulbekova boshchiligida viloyatdagi kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlari ishtirokida onlayn zoom yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-sonli “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda PQ-316-sonli “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori yuzasidan belgilangan topshiriqlar bilan tanishildi hamda ushbu topshiriqlarning samarali bajarilishini taʼminlash …
BatafsilToshkent tuman 1-son texnikumiga YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xalqaro eksperti Dana Karmen tashrif buyurdi
Toshkent tuman 1-son texnikumiga YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda kasbiy taʼlimda sifatni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida xalqaro ekspert Dana Karmen xonim tashrif buyurdi. Tashrif davomida kasbiy taʼlim sifatiga ta’sir etuvchi omillar, sifat indikatorlari, xalqaro standartlar hamda akkreditatsiya jarayonlariga oid xalqaro talablar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, taʼlim jarayonini takomillashtirish, o‘quv dasturlarini xalqaro meʼzonlarga moslashtirish va …
BatafsilKasbiy taʼlim tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi
Kasbiy taʼlim tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi kasbga oʻqitishda yagona regulyatorga aylantiriladi. Mavjud 598 ta texnikum hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi 55 ta monomarkaz texnikum sifatida qayta tashkil etilib, Agentlik tizimiga o’tkazildi. Agentlik tomonidan kasbga oʻqitish boʻyicha ishlab chiqiladigan yagona talablar barcha davlat va nodavlat kasbiy taʼlim muassasalari …
BatafsilPrezidentning tegishli qarori bilan Husanov Azimjon Nozimjonovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
BatafsilKasbiy ta’lim tizimiga oid yangiliklar
Kasbiy ta’lim tizimiga oid yangiliklar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon va “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorni imzoladi. Sohaga oid yangiliklar talaygina. (https://t.me/hilola_umarova/2370) Kasbiy ta’lim tizimini 2030-yilga qadar isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Ular: xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini kamida 250 taga; 9-sinf bitiruvchilarining kasbiy …
Batafsil«Nafosat va ma’rifat timsoli – qizlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Toshkent viloyati pedagogika texnikumida «Nafosat va ma’rifat timsoli – qizlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuv davomida qizlarimiz bilan odob-axloq me’yorlari hamda oilaviy qadriyatlarning ahamiyati yuzasidan samimiy suhbatlar olib borildi. Bunday tadbirlar qizlarni odobli, e’tiqodli va komil insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
Batafsil
Toshkent viloyati OTFIB