Chirchiq shahar politexnikumida xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Mazkur jarayon doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va professional taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash markazi boshlig‘i O. Xidirov Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova hamrohligida politexnikumda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
Tashrif davomida o‘quv binolari, inshootlar, laboratoriya xonalari hamda mavjud moddiy-texnika bazasi holati atroflicha ko‘zdan kechirilib, xalqaro taʼlim dasturlarini samarali joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, mas’ul mutasaddilarga aniq topshiriqlar yuklatildi. 
Toshkent viloyati OTFIB 




