Bugun viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova Chirchiq shahar politexnikumiga tashrif buyurib, xalqaro taʼlim dasturini joriy etish doirasida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida o‘quv binolari, inshootlar, laboratoriya xonalari hamda moddiy-texnika bazasining yangilanish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tamirlash ishlarini jadallashtirish, zamonaviy o‘quv sharoitlarini yaratish va xalqaro taʼlim dasturini samarali yo‘lga qo‘yishda iqtidorli o‘qituvchilarni jalb etish bo‘yicha zarur topshiriqlar hamda tavsiyalar berdi.
Toshkent viloyati OTFIB 


