YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Cyber University» da ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

«Cyber University» da ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

«Cyber University» da ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

«Cyber University» universitetida ochiq eshiklar kuni tashkil etilib, o‘qish istagini bildirgan yoshlar va ularning ota-onalari va keng jamoatchilik universitet faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi hamda zamonaviy o‘quv sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Cyber University — bu oddiy oliygoh emas, balki raqamli davr mutaxassislarini yetishtiruvchi ilg‘or markaz. Prezidentimizning 2025-yil 20-yanvardagi qarori asosida tashkil etilgan mazkur universitet axborot xavfsizligi, raqamli iqtisodiyot, kiber huquq, sun’iy intellekt va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi.

Universitet Nurafshon shahrida joylashgan bo’lib, kelgusi o’quv yilidan boshlab quyidagi yo‘nalishlar bo’yicha qabul amalga oshiriladi.

 Bakalavriat:

  • Kiberxavfsizlik injiniringi: tarmoq va tizim xavfsizligi
  • Kompyuter injiniringi: sun’iy intellekt
  • Kiberxavfsizlik injiniringi: internet ashyolari xavfsizligi
  • Dasturiy injiniring: amaliy matematika va algoritmlashtirish
  • Yurisprudensiya: kiber huquq
  • Yurisprudensiya: raqamli kriminalistika
  • Menejment: kiberxavfsizlik menejmenti
  • Iqtisodiyot: raqamli iqtisodiyot

 Magistratura:

  • Axborot xavfsizligi
  • Kiber huquq