Parkent tuman politexnikumida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni foydali faoliyatga yo‘naltirish maqsadida turli yo‘nalishlarda ijodkor hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan to‘garaklar tashkil etildi.
Jumladan, politexnikumda “Avtomobillarni ta’mirlash” to‘garagi faoliyat yuritmoqda. Ushbu to‘garak o‘quvchi-yoshlarning texnik bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Ohangaron tuman 2-son politexnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Mazkur musobaqa o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zaro bilim va strategik tafakkurlarini namoyon qilishdi.
Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialida «Dolzarb 90 kun» hamda «Kino kechasi» loyihasi doirasida talabalar o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan — «Ilhaq» filmini tomosha qilishdi.
Toshkent viloyati OTFIB 


