“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Oqqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumida ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, interaktiv usullar orqali so‘zlashuv malakalarini rivojlantirish maqsadida “Happy English” nomli seminar-dars tashkil etildi.
Tadbir 14- iyul kuni Ingliz tili fani o‘qituvchisi S. Akromov tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda 15 nafar talabalar faol ishtirok etdilar.
Seminar davomida o‘quvchilar bilan ingliz tilidagi interaktiv mashg‘ulotlar, o‘yinlar, savol-javoblar va dialoglar asosida dars olib borildi. “Speaking Club” uslubida tashkil etilgan dars orqali talabalar erkin muloqot qilish, o‘z fikrini anglatuvchi jumlalar tuzish va o‘zaro fikr almashish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda, ijodiy va do‘stona muhitda o‘tdi. Talabalar uchun ingliz tilida muloqot qilish nafaqat foydali, balki maroqli bo‘ldi.
Bunday seminar-darslar o‘quvchilarning chet tiliga bo‘lgan mehrini oshirib, ularning bilim darajasini mustahkamlash, dunyoqarashini kengaytirish va zamonaviy kasblarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent viloyati OTFIB 


