YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida tadbirlar

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida tadbirlar

Parkent tuman Politexnikumida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida ijodkor va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli yo‘nalishlarda to‘garaklar faoliyat yuritmoqda.

Shulardan biri — yoshlarning kasblarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida muntazam faoliyat olib borayotgan “Yosh Elektriklar” to‘garagi bo‘lib, unda o‘quvchilar elektr jihozlari va tizimlari bilan ishlash bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarini mustahkamlab kelishmoqda.

Ohangaron shahar politexnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida “Shaxmat” sport to‘garagi jadval asosida muntazam faoliyat yuritmoqda.

Mashg‘ulotlarda yoshlar mantiqiy fikrlash, strategik reja tuzish va diqqatni rivojlantirish ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.