Ohangaron tuman 2-son politexnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mashhur yozuvchi Malkolm Gladuell asarlari muhokamasi o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilar muallif ilgari surgan asosiy g‘oyalar — muvaffaqiyatga ta’sir qiluvchi omillar, ijtimoiy muhit va shaxsiy mehnatning o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, muvaffaqiyat sari intilishda mehnatning o‘rni haqida fikr almashdilar.
Yangiyo‘l tumani 1-son politexnikumida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli to‘garaklar tashkil etildi.
Shulardan biri — “Avtomobil tuzilishi” fanidan “Mashina ustaxonasi” nomli amaliy mashg‘ulot bo‘lib, unda ishtirokchilar avtomobil qismlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari bilan tanishib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Parkent tuman politexnikumida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli yo‘nalishlarda to‘garaklar tashkil etildi.
Ulardan biri — “Avtomobillarni ta’mirlash” to‘garagi bo‘lib, bu yerda o‘quvchilar avtomobil tuzilishi, nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarini oshirmoqdalar.
Toshkent viloyati OTFIB 

