«Dolzarb 90 kun» doirasida navbatdagi muhim yig‘ilish!
Bugun Olmaliq kon-metallurgiya texnikumida viloyatdagi oliy va kasbiy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i N. Qosimov hamda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova boshchilik qildi.
Tadbir davomida «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud tajriba asosida o‘quvchilarni to‘garaklarga yanada faol jalb etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va foydali o‘tkazish yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, loyihaning mazmunan boyitilishi, qamrov doirasining kengaytirilishi va uni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilib, mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Toshkent viloyati OTFIB 





