YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bugun o`tkazilgan tadbirlar

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bugun o`tkazilgan tadbirlar

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Angren shahar 1-son politexnikumida «Yosh elektriklar» to‘garagi tashkil etildi.

Ushbu to‘garak o‘quvchilarning elektr yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun muhim imkoniyat bo‘lmoqda.

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Angren shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli yo‘nalishlardagi to‘garaklar faoliyat olib bormoqda.

Xususan, “Kitobxon o‘quvchi” loyihasi doirasida texnikum o‘quvchilari ishtirokida milliy va jahon adabiyotining sara durdonalari o‘qilib, ularning mazmun-mohiyati, badiiy uslubi va g‘oyaviy yo‘nalishi atroflicha tahlil qilinmoqda. Navbatdagi badiiy tahlil mashg‘ulotida o‘quvchilar mashhur yozuvchi Odil Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” asarini mutolaa qilib, unda aks etgan tarixiy voqealar, badiiy obrazlar, hayotiy lavhalar va muallif bergan falsafiy xulosalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ohangaron shahar politexnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi taʼtil davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida “Zakovat” intellektual to‘garagi faoliyat yuritmoqda.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida Besh muhim tashabbus asosida stol tennisi bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.