YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida o`tkazilgan tadbirlar

«Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida o`tkazilgan tadbirlar

Dolzarb 90 kun loyihasi doirasida Olmaliq shahar politexnikumida o‘quvchilarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularni ma’naviyatga, mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitobxonlik to‘garagi” doirasida “Adabiyot kechasi” tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘z sevimli asarlari haqida fikr almashishdi, she’rlar o‘qildi va yozuvchi-shoirlarning hayoti va ijodi haqida suhbatlar olib borildi.

Angren shahar Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumida «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida «Sogʻlom turmush tarzi» toʻgaragi tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kasbiy yo‘nalishga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

«Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida Yangiyoʻl tuman 1-son politexnikumida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida kitobxonlik toʻgaragi tashkil etildi.

Tadbir davomida oʻquvchilar oʻzlari oʻqigan asarlar yuzasidan bahs-munozaralar olib borib, fikr almashdilar.

Yuqori Chirchiq tuman politexnikumida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.

Unda o‘quvchilar faol qatnashib, o‘z bilim va mantiqiy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi, aql bilan kuch sinashgan bahslar qizg‘in va sermazmun bo‘ldi.