“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Olmaliq shahar politexnikumida “Kimyo laboratoriyasida tahlil usullari” mavzusida navbatdagi amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar laboratoriya jihozlaridan foydalanish, reaktivlar yordamida sifat va miqdoriy tahlil o‘tkazish, natijalarni hujjatlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdi.
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Angren shahar 1-son politexnikumida “Yosh elektriklar” to‘garagi tashkil etildi. Mazkur to‘garak o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni kasbga yo‘naltirish hamda elektr yo‘nalishida yangi ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilmoqda.
Toshkent viloyati OTFIB 


