“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Olmaliq shahar politexnikumida Elektrogazpayvandlash yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar payvandlash uskunalaridan xavfsiz foydalanish, metall yuzalarini tayyorlash hamda sifatli chok hosil qilish jarayonlarini amaliy tarzda o‘rganishdi.
Olmaliq kon-metallurgiya texnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini boyitish maqsadida turli yo‘nalishlarda toʻgaraklar tashkil etilgan.
“Payvandlash”, “Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish” hamda “Elektrik” yo‘nalishlarida kasbga tayyorlash dasturi asosida o‘quvchilarga nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashg‘ulotlar ham tashkil etildi. Ushbu jarayonlar yoshlarning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirib, kelajakdagi faoliyatlari uchun muhim tajriba va mustahkam ko‘nikmalar hosil qilishga xizmat qilmoqda.
Toshkent viloyati OTFIB 


