“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetining Axborot texnologiyalari fakultetida “3D modellashtirish” to‘garagi faoliyat olib bormoqda.
Mazkur to‘garak doirasida talabalar:
✔️ Blender va 3ds Max dasturlarida ishlashni o‘rganishmoqda;
✔️ 3D dizayn, animatsiya va 3D bosma texnologiyalari bo‘yicha ijod qilmoqda;
✔️ Kreativ fikrlashni rivojlantirish, texnik ko‘nikmalarni mustahkamlash ustida faol ishlamoqda.
Ushbu to‘garak talabalarni zamonaviy raqamli texnologiyalar olamiga keng jalb etib, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda.
Yoshlar sport ruhi bilan yashamoqda!
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan Chirchiq shahri va Qibray tumanidagi mahallalar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan «Dolzarb 90 kunlik» dasturi doirasida tashkil etilgan sport to‘garaklari kundan-kunga ommalashib bormoqda.
Bugungi kunga kelib, ushbu to‘garaklarda ishtirok etayotgan yoshlar soni 700 nafardan oshdi, ularning safi esa har kuni kengayib bormoqda.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, fizika faniga qiziqishini oshirish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Olmaliq shahar politexnikumida “Elektr zanjir sxemalarini tuzish” mavzusida to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar elektr zanjir elementlarini bog‘lash, sxemalarni grafik tarzda chizish, ketma-ket va parallel ulanishlarni tajriba asosida o‘rganishdi.
Toshkent viloyati OTFIB 



