YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi uchrashuv

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi uchrashuv

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi uchrashuv

2025-yil 11-iyul kuni I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali huzuridagi akademik litseyda 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Universiti Malaysia Perlis (UniMAP) professori, PhD, Eshquvatov Zayniddin Karimovich mehmon sifatida qatnashdi.

Uchrashuv davomida:

✅ Bitiruvchilarga xorijiy oliy ta’lim, xususan, Malayziya universitetlarida o‘qish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
✅ Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va muhandislik sohasidagi yangi imkoniyatlar tushuntirildi.
✅ Ota-onalar va bitiruvchilar o‘z savollariga batafsil javob oldilar.

Ma’lumot uchun: Tadbir ishtirokchilari orasidan bitiruvchilar allaqachon Malayziya oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, o‘qishga qabul qilingan.