“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Oqqo‘rg‘on tuman 2-son politexnikumda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida “Kitob – qalb gavhari” nomli to‘garak tashkil etildi.
Mazkur to‘garak doirasida o‘tkazilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda o‘quvchilar kitobxonlik hamda zamonaviy adabiyotning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikr almashdilar.
«Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga va sportga jalb qilish maqsadida Bo‘stonliq turizm va madaniy meros texnikumida bir qator to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, texnikumda qizlar o‘rtasida meva-sabzavotlardan karving bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Unda o‘quvchi qizlar faol ishtirok etib, o‘z ijodkorlik va mahoratlarini namoyish etdilar.
Toshkent viloyati OTFIB 

