YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Dual ta’lim joriy etilmoqda

Dual ta’lim joriy etilmoqda

2025 yil Olmaliq kon metallurgiya texnikumi o’z oldiga Dual ta`limni joriy etish yuzasidan ulkan maqsadlar reja qildi.

Germaniya iqtisodiyoti Oʻrta Osiyodagi vakilligi AHK bilan «Olmaliq KMK» AJ uchun Olmaliq kon metallurgiya texnikumida «Metallarga ishlov berish» mutaxassisligi bo‘yicha Dual ta’lim tashkil etish doirasida oʻquv jarayonini  tashkiliy masalalarini muhokamasi olib borildi.

Ish beruvchi korxona «Olmaliq KMK» AJ ning soha bosh mutaxassislari, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali professor-oʻqituvchilari va Oʻlmaliq kon metallurgiya texnikumi mas’ullari AHK eksperti Sonja Ruyetz bilan birgalikda Germaniya standartlari asosida uyg‘unlashtirilgan oʻquv dasturi ishlab chiqildi.