YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy natijalari e’lon qilindi

“Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy natijalari e’lon qilindi

Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy natijalari e’lon qilindi

Tanlovning III boshqichida 279 ta raqamli ta’lim resurslari Respublika Tanlov hay’ati tomonidan baholandi hamda nominatsiyalar bo‘yicha jami 41 ta, shundan
17 ta 1-o‘rin,
15 ta 2-o‘rin va
9 ta 3-o‘rin g‘oliblari aniqlandi.

Hamkorlikda ishlab chiqilgan va Respublika bosqichida qatnashib 1-2-3 o‘rin uchun g‘olib deb topilgan Raqamli ta’lim resurslari mualliflarining har biriga tegishli darajadagi diplom beriladi, g‘olib o‘rin uchun belgilangan pul mukofoti ular o‘rtasida teng taqsimlanadi;
RO‘YXATNI YUKLAB OLISH (https://ipitvet.uz/media/files/Umumiy_dvhceFG.pdf)

Sohalar bo‘yicha tanlovning Respublika bosqichida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallamagan 75 balldan yuqori keyingi 3 ta o‘rindagi ishtirokchilar vazirlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 16-oktabrdagi PF–158-son Farmoni hamda Vazirlikning 2025-yil 8-apreldagi kasbiy ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 129-sonli buyrug‘i asosida 3 bosqichli “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovning 1-bosqichi kasbiy ta’lim tashkilotlari miqyosida 30-aprelga qadar,               2-bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shaharlari miqyosida 30-mayga qadar, 3-bosqichi Respublika miqyosida 30-iyunga qadar o‘tkazildi.

Tanlovning 3-boshqichiga taqdim etilgan 279 ta raqamli ta’lim resurslari Respublika tanlov hay’ati tomonidan baholandi hamda nominatsiyalar bo‘yicha 17 ta 1-o‘rin,    15 ta 2-o‘rin va 9 ta 3-o‘rin bo‘yicha jami 41 ta g‘oliblar aniqlandi.

Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar natijalar e’lon qilingan sanadan boshlab 2 ish kuni mobaynida Respublika tashkiliy qo‘mitasining apellatsiya komissiyasiga (pedagoginnovatsiyalar@edu.uz)ga yozma shikoyat yuborishi mumkin.

Batafsil: (https://ipitvet.uz/uz/yangilik_detail/465/)

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun.

712464456                            977920048