O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil, 22-yanvarda qabul qilingan PQ-20-sonli qaroriga asosan:
Ilg’or texnologiyalar asosida yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish hamda soha uchun muhandis va o’rta bo’g’in kadrlarini tayyorlash maqsadida “Eltechlab” MCHJ tarkibida «Ilg’or injiniring markazi» tashkil etiladi.
Ushbu markazni tashkil etish, jihozlash hamda faoliyati bilan bog’liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun «Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi» mablag’lari hisobidan 10 milliard so’m grant ajratiladi.
Elektrotexnika sanoati korxonalari uchun yuqori malakali o’rta bo’g’in kadrlari hamda ishchi-mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injenerlik maktablari tashkil etiladi.
Bunda:
➖injenerlik maktablarini jihozlash,saqlash va boshqa xarajatlar uchun ushbu politexnikumlarga davlat byudjetidan har yili 5 milliard so’mdan mablag’ ajratiladi;
➖injenerlik maktablariga soha korxonalaridan amaliyotchi hamda ilg’or xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlari Savdoga ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Toshkent viloyati OTFIB 