Bugun “INNOWEEK 2025” xalqaro ko‘rgazmasining viloyat bosqichi respublika miqyosida birinchi bo‘lib Toshkent viloyatida Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan tashkil etildi va unda viloyatdagi oliy taʼlim tashkilotlari o‘zlarining ilg‘or ilmiy-innovatsion ishlanmalari, istiqbolli startap loyihalari hamda tijoratlashtirishga tayyor mahsulotlari bilan faol ishtirok etdilar.
Ko‘rgazma davomida yosh olimlar va tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan yangiliklarga boy ishlanmalar, zamonaviy texnologik yechimlar hamda amaliy loyihalar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.
Mazkur ko‘rgazma viloyatdagi innovatsion muhitni rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda istiqbolli g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Toshkent viloyati OTFIB 


