2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar diqqatiga!
Endilikda kirish imtihonlarida qo‘llanilishi rejalashtirilgan test savollari asosida onlayn diagnostik testlar ishga tushirildi. (https://t.me/BaholashUz/7846)
Sinov testlari quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
– Tarix
– Matematika
– Fizika
– Biologiya
– Kimyo
– Geografiya
– Ona tili va adabiyot
– Chet tili
– Davlat va huquq asoslari
– Majburiy fanlar
Testlarni yechish orqali o‘z bilim darajangizni baholab borishingiz, qaysi fanlarda kuchli yoki zaif ekanligingizni aniqlashingiz mumkin.
Ishtirok etish uchun havola:
https://my.uzbmb.uz/service/43
Test natijalari yechilgan zahoti onlayn ko‘rinishda chiqadi.
Toshkent viloyati OTFIB 