«Kitobxon o‘quvchi» – ma’naviyat nuri
Oqqo‘rg‘on tuman 2-son politexnikumida kitobga mehr uyg‘otish, mutolaa madaniyatini oshirish maqsadida «Kitobxon o‘quvchi» tanlovi o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat o‘qigan asarlari haqida fikr bildirishdi, balki bilimlar bellashuvi, adabiy bahs va fikr almashuvlarga ham kirishishdi.
Eng faol kitobxonlar e’tirof etildi. Ushbu tadbir ilm-ma’rifatga chanqoq yoshlarni birlashtirib, ularga ilhom va rag‘bat bag‘ishladi.
Toshkent viloyati OTFIB 

