YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Magistraturaga qabul boshlandi

Magistraturaga qabul boshlandi

Magistraturaga qabul boshlandi

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

(https://www.youtube.com/watch?v=p0HNDnw35bA&ab_channel=Raqamlita%27limmarkazi)

Sertifikatlar ro‘yxati

(https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2025/07/07/b379e8b7-88c4-46a8-168e-545b55673a31_media_.pdf)