Eslatma: magistraturaga ro‘yxatdan o‘tish ertaga yakunlanadi
2025/2026 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura bosqichiga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda. (https://t.me/eduuz/36141)
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 30-iyul kuni yakunlanadi.
❗️Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yilidan boshlab ilk marotaba kechki va masofaviy ta’lim shakllarida ham magistraturaga qabul yo‘lga qo‘yildi. Bu esa ko‘plab talabgorlar uchun qo‘shimcha qulaylik va imkoniyat yaratmoqda.
Magistratura bo‘yicha qabul parametrlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
➡️KUNDUZGI (https://t.me/eduuz/36635)
➡️KECHKI (https://t.me/eduuz/36636)
➡️MASOFAVIY (https://t.me/eduuz/36637)
Turdosh taʼlim yo‘nalishlari esa bu yerda (https://t.me/eduuz/36640)
Toshkent viloyati OTFIB 