YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / May – “Sport oyligi”

May – “Sport oyligi”

May – “Sport oyligi”

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil may oyini respublika oliy  va kasbiy taʼlim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida «Sport oyligi» deb eʼlon qildi.

Mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil             30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoni — “Sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Sport oyligi davomida yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalari, harbiylashtirilgan jamoalar oʻrtasida bellashuvlar, sport festivallari va boshqa turli tadbirlar tashkil etiladi.

Mazkur oylik yoshlarimizni jismonan baquvvat, maʼnan barkamol va yurtiga sadoqatli avlod sifatida kamol toptirishga xizmat qiladi.