Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allan, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda media va axborot savodxonlikni oshirish hamda ochiq ta’lim resurslarni yaratish” loyihasi ish boshlagan. Loyiha doirasida Toshkent viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi o‘quv rejalari va dasturlariga media axborot savodxonligi integratsiyasi” mavzusida — trening tashkil etildi. Trening 12 oktyabr 2017 yilda Chirchiq texnika kasb-hunar kollejida bo’lib o’tdi. Unda Chirchiq shahrida joylashgan kasb-hunar kolleji va akademik litsey o’qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etishdi. Trening Chirchiq akademik litsey o’qituvchisi Umarova Dilafruz va Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji o’qituvchisi Xodjayev Orifjon tomonlaridan o’tkazildi.
Tadbir davomida Media savodxonlikning o‘quv reja va dasturlarga integratsiyasi, ochiq ta’lim resurslari, ijtimoiy tarmoqlar, internet imkoniyatlari va xatarlar mavzulari yoritildi.
Домой / Без рубрики / “Media va axborot savodxonlik» va «Ochiq ta’lim resurslarni ta’lim jarayoniga jalb qilish» mavzusida o’quv amaliy seminar.