“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Bugun Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tuman-shahar va viloyat bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 119 nafar iqtidorli yosh tantanali tarzda taqdirlandi.
Tanlovning hududiy bosqichlari joriy yilning mart–aprel oylarida o‘tkazilib, 808 nafar yosh ishtirok etdi. Ulardan 99 nafari tuman (shahar) bosqichi g‘olibi sifatida viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. Viloyat bosqichida esa 20 nafar iqtidorli yosh Respublika bosqichiga yo‘llandi. Shulardan 16 nafari respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Hukumat qaroriga muvofiq, tanlov g‘oliblari bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi. Mukofotlarni viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova tantanali ravishda topshirdi va ishtirokchilarga samimiy tabrik hamda ezgu tilaklarini bildirdi.
Toshkent viloyati OTFIB 








