
Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar qabuli boshlandi
2025-yil 15-iyuldan boshlab mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga hujjatlar qabuli boshlandi. Jarayon 1 oy davom etadi.
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim (https://t.me/innovatsion_rivojlanish/6402):
✔️Oliy taʼlim muassasasining magistratura diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun) haqida hujjat, yoxud mutaxassislik dasturi bo‘yicha oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi; (Eslatma: agar diplom ma’lumotlari elektron tizim orqali integratsiya qilingan bo‘lsa, nusxa topshirish majburiy emas);
✔️Kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis (nusxalari yoki havolalari bilan birga);
✔️Qisqacha biografik maʼlumotnoma;
✔️Ish joyidan tavsifnoma.
Batafsil ma’lumot uchun: +99871 203-32-23 (245)
Toshkent viloyati OTFIB