Navbatdagi Xalqaro «Memorandum» imzolandi
Joriy yil 26-iyun kuni tarixning yana bir zarvarag‘i muhim voqea bilan muhrlandi.
Jumladan Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Qirg‘izston Respublikasi «Osh davlat universiteti» qoshidagi «Osh tibbiyot kolleji» o‘rtasida Xalqaro hamkorlik Memorandum shartnomasi imzolandi.
Hamkorlik maqsadlari:
— tibbiy ta’limning innovatsion usullari va texnologiyalarini joriy etish;
-tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni qo‘llab quvvatlash;
-tibbiyot ta’limi va malaka oshirish sohasida tajriba almashish;
-kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash;
-o‘quv va ilmiy jarayonlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
Shuningdek, ushbu o‘qituvchi va o‘quvchilarning akademik almashinuvini takomillashtirish maqsadida tuzilgan Memorandum muddati 5 yil deb belgilanib, tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra muddatini o‘zgartirish imkoniga ega.
Toshkent viloyati OTFIB 




