YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Nurafshon arena»da «ITTIFOQ RAISI KUBOGI» hamda «ITTIFOQ BILLUR KUBOGI» musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

«Nurafshon arena»da «ITTIFOQ RAISI KUBOGI» hamda «ITTIFOQ BILLUR KUBOGI» musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ittifoq kubogi CHDPUga topshirildi

 O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o’rtasida «Nurafshon arena»da sportning minifutbol va voleybol turlari bo’yicha «ITTIFOQ RAISI KUBOGI» hamda «ITTIFOQ BILLUR KUBOGI» musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sport musobaqasi Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda viloyat sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

⚽️ O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi mini-futbol musobaqasi yakunlariga ko‘ra:

1-o‘rinni – CHDPUning «Pedagog» jamoasi

2-o‘rinni – O‘zDJTUning «Olimp» jamoasi

3-o‘rinni – TDTU Chirchiq filialining “MEDosmotr” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasidagi voleybol musobaqasi yakunlariga ko‘ra:

1-o‘rinni – CHDPUning «Pedagog» jamoasi

2-o‘rinni – O‘zDJTUning «Olimp» jamoasi

3-o‘rinni – Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetining “TIPI” jamoasi egalladi.

G‘olib talabalarimiz va murabbiylarini Universitetimiz professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari nomidan tabriklaymiz!