YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / O‘quvchilar tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi: kutubxona uchun kitoblar jamlanmasi taqdim etildi

O‘quvchilar tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi: kutubxona uchun kitoblar jamlanmasi taqdim etildi

O‘quvchilar tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi: kutubxona uchun kitoblar jamlanmasi taqdim etildi

Joriy yilning 10-fevral kuni Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova Oʻrta Chirchiq tumanidagi 1-sonli politexnikumga tashrif buyurib, o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar tomonidan mahalliy kutubxona tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan N. Kulbekova kutubxonani boyitish maqsadida shaxsiy kitoblar kolleksiyasidan kitoblar jamlanmasi taqdim etishga va’da bergan edi.

Shunga ko‘ra, 20-fevral kuni politexnikum o‘quvchilariga qiziqarli va foydali kitoblar jamlanmasi topshirildi. Ushbu kitoblar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda intellektual rivojlanishlariga ko‘mak berishga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va ta’lim muassasalarida barcha o‘quvchilar uchun bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.