2025-yil 19-fevral kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK)ga ilmiy delegatsiya tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida yetakchi ilmiy muassasalar vakillari sanoat korxonasidagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Tashrifda Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Toshkent davlat texnika universiteti, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq filiali, Geologiya va geofizika instituti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti hamda Mineral resurslar instituti vakillari ishtirok etdi.
Delegatsiya a`zolari kombinatning muhim bo‘limlari, jumladan, Mis eritish zavodi hamda 1- va 2-mis boyitish fabrikalariga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlarini joyida o‘rgandilar. Ushbu jarayonda tadqiqotchilar sanoat muammolarini aniqlash, ularni ilmiy asosda hal etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.
Tashrif natijalariga ko‘ra, kombinat va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy tadqiqotlarni sanoatga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu tashrif O‘zbekiston sanoati va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
Toshkent viloyati OTFIB 





