YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” nomli tadbir o‘tkazildi

“O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” nomli tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan va davom etayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida joriy yilning 1-iyul kuni Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy-texnik kvalifikatsiyalar instituti tomonidan Qibray tumanining Obod, Guliston, Navro‘z, Bunyodkor va Bobur mahallalarida yashovchi maktab o‘quvchilari, uyushmagan yoshlar hamda institut talaba-yoshlari uchun “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida ommaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda 400 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Unda kurash, futbol, shaxmat, arqon tortish, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar, karaoke tanlovi hamda kibersport bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

 

 

Tadbirning ochilish qismida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi a’zosi Shuxrat Yakubov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar siyosati va ma’naviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i Nodir Kasimov, hududiy boshqarma mutasaddilari, texnika fanlari doktori, professor, Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasi akademigi, Xalqaro ekologiya va hayot xavfsizligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, OTMK bosh muhandis o‘rinbosari Abdurashid Hasanov, INNO innovatsion texnoparki bosh direktori Mansurbek Sultanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Axror Usmonov, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbekiston milliy musiqa san’ati instituti professori Salohiddin Azizboyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nozimoh Dilkash va boshqa taniqli madaniyat hamda san’at vakillari ishtirok etib, o‘zlarining nutqlari va ijodiy chiqishlari orqali tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.

 

Tadbir davomida O‘zbekistondagi Belarus madaniyati markazi vakillari o‘zlarini badiiy chiqishlari bilan tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladilar. Tadbir so‘ngida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar Diplom, kitoblar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar va barcha ishtirokchilar uchun “Muzqaymoq party” va kofe-breyk tashkil etildi.

 

 

 

 

 

Bu tadbirdan asosiy maqsad maktab o‘quvchilari, talabalar va uyushmagan yoshlarni salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va sog‘lig‘ini yanada mustahkamlashdir.