Ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan joriy iylning 21-fevral kuni Toshkent viloyati Bekobod shahrida joylashgan “O‘zmetkombinat” AJga Yaponiyadagi Nagaoka texnologik universiteti hamda O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi va Toshkent davlat texnika universitetining olimlarining tashrifi tashkil etildi.
Ilmiy yechmiga extiyoj bo‘lgan sanoat muammolari bilan joyida tanishish maqsadida, olimlar kombinatning elektrda po‘lat eritish va navli prokat ishlab chiqarish jarayonlari, shuningdek kombinatning Metallurgik ilmiy markazi faoliyati bilan tanishdi.
Metallurgik ilmiy markazining mutaxassislari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida kombinat muammolarning texnologik yechimiga qaratilgan innovatsion ilmiy loyihalarni shakllantirish va ushbu loyihalarni Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etib, ilmiy faoliyaga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirishga kelishib olindi. Ushbu loyihalar kombinat va Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan teng ulushda moliyalashtiriladi.
Toshkent viloyati OTFIB 




