Oliy ta’lim muassasalarida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi amalga oshiriladi
Prezident tashabbusi bilan yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarida va hududlarda qator amaliy ishlar olib boriladi. Jumladan,
Yozgi ta’til davrida OTMlardagi sport maydonchalari, to‘garaklar va laboratoriyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
San’at va adabiyot kechalari, intellektual o‘yinlar, ijodiy markazlar faoliyati faollashtirilib, yangi ma’naviy-ma’rifiy loyihalar ishlab chiqiladi;
IT, dasturlash, animatsiya, robototexnika hamda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bepul kurslar tashkil etiladi;
“Vatan bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi orqali minglab talabalar tarixiy va madaniy obidalarga sayohat qiladi;
“Karyera kuni” mehnat yarmarkalari orqali bitiruvchi va yuqori bosqich talabalarga ishga joylashish va tadbirkorlikka qadam qo‘yish imkoniyati kengaytiriladi.
Toshkent viloyati OTFIB 