Toshkent davlat agrar universiteti rektori Oblomuradov Narzullo Naimovich universitet xodimlari bilan Yangiyo‘l tuman 2-son politexnikumiga tashrif buyurdilar.
Yangiyo‘l tuman 2-son politexnikumi direktori Xudayberdiyev Nizomiddin Qurbonqulovich Toshkent davlat agrar universiteti rektori Oblomuradov Narzullo Naimovichni muassasada olib borilayotgan ishlar, politexnikum shart-sharoiti, xodimlar, bino va o‘quv jarayonlar bilan tanishtirdilar.
Yangiyo‘l tuman 2-son politexnikumi va Toshkent davlat agrar universiteti o`rtasida hamkorlik rejasi tuzildi.
Kelajakda istiqbol rejalar asosida ustoz – shog`irt an’anasini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.
Toshkent viloyati OTFIB 

