YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Oliy va professional ta’lim hamkorligi mustahkamlanmoqda

Oliy va professional ta’lim hamkorligi mustahkamlanmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan professional ta’lim va oliy ta’lim tizimlarini integratsiyalash borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida o‘zaro hamkorlik mustahkamlanyapti.

❇️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali hamda Bekobod shahar kasb-hunar maktabi rahbariyatlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
Muzokaralarda yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishini davom ettirishlariga ko‘maklashish chora-tadbirlari belgilandi.

✅ Hamkorlik doirasida kasb-hunarning o‘qitish metodologiyasini takomillashtirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, hamjihatlikda yoshlarni kasb-hunar va ilmga yanada qiziqtirishga kelishib olindi.